Uilson: «Oltin to‘p» Messiga emas, Xolandga berilishi kerak»

«Nyukasl» hujumchisi Kallum Uilson 2023 yilgi «Oltin to‘p» uchun kurash haqida gapirdi.

«Xolandning o‘tgan mavsumda qilgan ishlarini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Agar siz xalqaro futbolni olib qo‘yib, statistikani taqqoslasangiz, Xoland mukofotni qo‘lga kiritishi kerak. Birinchi marta jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Messini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Bu katta omil, ammo klub darajasida u Amerikada, Xoland esa Premyer-ligada o‘ynaydi”, dedi Uilson.

Avvalroq Lionel Messi “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgani haqida matbuotga ma’lumot sizdirilgan edi. U faoliyatidagi sakkizinchi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter