«Inter»ning sobiq futbolchisi: «Jamoaning qaysidir futbolchisi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishiga ishonaman»

«Inter»ning sobiq futbolchisi, 1990 yilgi jahon chempionati finalida g‘alaba to‘pini kiritgan Andreas Breme «Oltin to‘p» 2023 yilda «Inter» futbolchilaridan biriga berilishini istamoqda. Bunga Argentina terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan Lautaro Martines ehtimoliy da’vogar bo‘lishi mumkin. Breme uni maqtadi.

«U juda kuchli, juda yaxshi o‘ynaydi. Umid qilamanki, «Inter»dan kimdir «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritadi», – dedi Breme fcinter1908.it bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Lautaro Martines Milan klubida 2018 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Breme 1988 yildan 1992 yilgacha “Inter” safida o‘ynagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter