Maguayr: «Onana oldinga katta qadam tashladi»
Tanqid to‘lqinlaridan so‘ng, quyosh nihoyat Andre Onanga kulib qo‘ydi – u “Kopengagen” bilan o‘yinda penaltini qaytardi va Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turida “Manchester Yunayted”ga g‘alaba keltirdi. Kamerunlik darvozabonni inqirozga uchragan boshqa futbolchi Garri Maguayr maqtadi.
«Birinchi bo‘lim kuchsiz o‘tdi, ammo yakunda baribir g‘alaba qozondik. Onana katta zarbani qaytardi, u oldinga katta qadam tashladi», – dedi Maguayr BBC Sport bilan gaplashdi.
Chempionlar ligasining navbatdagi turida “Manchester Yunayted” yana “Kopengagen”ga qarshi o‘ynaydi, ammo bu safar safarda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/