«Chelsi» «Arsenal» darvozaboni uchun taklif tayyorlamoqda

«Chelsi» «Arsenal» darvozaboni Aaron Ramsdeylning transferi bo‘yicha taklif tayyorlamoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «ko‘klar» 2024 yilning yanvarida Ramsdeylni qo‘lga kiritishmoqchi. Aaron «Chelsi»da Robert Sanchesning o‘rnini egallashi mumkin.

Robert Sanches Maurisio Pochettino jamoasiga unchalik mos tusha olmadi. O‘tgan dam olish kunlari «ko‘klar» darvozaboni «Arsenal» bilan derbida dahshatli xatoga yo‘l qo‘ydi. Sanchesning “muvaffaqiyatsizligi” “Chelsi”ning 2:0 (2:2) hisobida oldinda borayotgan g‘alabani saqlab qola olmasligiga «zamin» yaratdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter