Klopp Mersisayd derbisida g‘alaba qozonish bo‘yicha Premyer-liga rekordini o‘rnatdi

Shanba kuni Angliya chempionati doirasida «Liverpul» va «Everton» o‘rtasida mersisayd derbisi bo‘lib o‘tdi. “Qizillar” Muhammad Salohning dubli evaziga 2:0 hisobidagi g‘alabani nishonladi.

Opta xabariga ko‘ra, «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Mersisayd derbisida g‘alaba qozonish bo‘yicha Angliya Premyer-ligasi murabbiylik rekordini o‘rnatdi. Shanba kungi derbidagi g‘alaba nemis uchun to‘qqizinchi g‘alaba bo‘ldi. Klopp o‘z nomiga shunday 8 g‘alabaga ega bo‘lgan ispaniyalik Rafael Benitesni ortda qoldirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter