Vlaxovich «Milan» bilan o‘yinga tayyor

Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegrining aytishicha, hujumchi Dushan Vlaxovich sentyabr oyi oxirida belidan olgan jarohatidan so‘ng nihoyat maydonga qaytishga tayyor.

Italiyalik mutaxassis yana bir hujumchi, yaqinda jarohat olgan Federiko Kyezaning ahvoli haqida ham gapirdi.

«Vlaxovich butun hafta davomida jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazdi va yaxshi formada. Keza cheklovlar bilan mashg‘ulot o‘tkazdi, biz uni «Milan» bilan o‘yin oldidan holatini tekshirishimiz kerak», dedi Allegri o‘yinoldi matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter