Ten Xag: «Fernandesh kabi futbolchilar uchun doim jamoada joy topiladi»

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag Brunu Fernandeudan yangi pozisiyada foydalanish mohiyatini tushuntirdi.

Hujumning o‘ng tomonida yuzaga kelgan kadrlar bilan bog‘liq muammolar tufayli bu mavsumda ayrim uchrashuvlarda qanotdagi o‘rinni markaziy hujumkor yarim himoyachi sifatida harakat qilishga odatlangan Fernandesh egallaydi.

«Ba’zida jamoada muammolar, jumladan, o‘yinchilarning jarohatlari paydo bo‘ladi, ular yechim topishni talab qiladi. Brunu vinger sifatida o‘ynashga qodir va bu rolda juda erkin. U qanot o‘yinchisi uchun atipik o‘ynaydi – u «o‘nlik» kabi harakat qiladi, doimo o‘rtaga o‘tadi. Bunday o‘yinchiga har doim joy bo‘ladi, chunki u ko‘plab golli vaziyatlar yaratadi», – dedi ten Xag matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter