«Yuventus» va «Roma» jamoalarining sobiq futbolchisi moliyaviy muammolarga duch keldi

«Yuventus» va «Roma» klublarining sobiq chernogoriyalik futbolchisi Mirko Vuchinich o‘zi yashab kelayotgan Lechche shahrida qonun bilan muammoga duch keldi. U soliq deklarasiyasida taxminan olti million yevroni yashirgani uchun ikki yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi.

Qoidabuzarliklar uning 2014 va 2017 yillar oralig‘ida, Vuchinich Birlashgan Arab Amirliklarining «Al-Jazira» safida o‘ynagan vaqtida ishlab topgan pullari bilan bog‘liq.

U Chernogoriya terma jamoasi Yugoslaviyadan ajralganidan keyin tarixidagi ilk gol muallifi hisoblanadi. Bu 2007 yilning mart oyida Vengriya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida sodir bo‘lgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter