Gomesning diskvalifikasiyasi Argentinaning JCHdagi g‘alabasiga ta’sir qiladimi?

Italiyaning «Monsa» klubi vingeri Papu Gomesning diskvalifikasiyasi Argentinaning JCH-2022dagi g‘alabasiga ta’sir qilmaydi, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo nashri.

Manbaga ko‘ra, 35 yoshli futbolchiga doping bilan bog‘liq holda qo‘yilgan taqiq FIFA bu haqda futbolchini rasman xabardor qilgan kundan boshlab kuchga kiradi.

Argentinaning JCH-2022 g‘alabasida Gomes Saudiya Arabistoni va Avstraliyaga qarshi o‘yinlarda maydonga tushdi. Terma jamoa finalda Fransiyani mag‘lub etdi (3:3, penaltilar seriyasida 4:2).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter