Martines: «Feliks «Barsa»da yana porlamoqda»

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines «Barselona»da «Atletiko Madrid»dan ijara asosida harakat qilayotgan Joau Feliks haqida fikr bildirdi.

“Joao Feliks – haqiqiy iste’dod… Men ham qanotda o‘ynay oladigan, ham o‘rtaga yorib kira oladigan, vaziyatlarni to‘g‘ri talqin qila oladigan va hujumda ham birlasha oladigan futbolchilarni juda kam uchratganman.

“Barsa” unga ishondi va u yana porlamoqda. U jamoasida o‘zini hal qiluvchi sifatida his qilmoqda”, – deya Martines so‘zlarini keltirgan Mundo Deportivo.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter