«Inter» futbolchisi: «Lukaku jamoadan ketgani uchun xafa bo‘lganman»

Federiko Dimarko Romelu Lukakuning «Inter»dan ketganidan hafsalasi pir bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Lukaku o‘tgan mavsumni “Inter”da ijara asosida o‘tkazgan, yozda esa “Roma”ga ijaraga berilgandi. Xabar qilinishicha, belgiyalik dastlab «Yuventus» bilan shartnoma borasida kelishib olgan, bu Chempionlar ligasi finalidagi mag‘lubiyatdan ikki kun o‘tib sodir bo‘lgan.

«Bo‘lgan voqea hamma joyda yozilgan edi. Men butun yil davomida uning yonida bo‘lganim uchun xafa bo‘ldim. Bu biroz shaxsiyroq masala, u boshqa jamoada o‘ynagani uchun batafsil to‘xtalib o‘tmoqchi emasman.

«Roma»ga qarshi bo‘lajak uchrashuv? Biz har bir o‘yin uchun motivasiyadamiz», – dedi «Inter» himoyachisi Stasera c’è Cattelan su Rai 2 bilan suhbatda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter