Gakpo: «Shunday muxlislar uchun kurashishga tayyorman»

«Liverpul» hujumchisi Kodi Gakpo klub muxlislari haqida o‘z fikrini aytdi.

Mersisaydliklar safiga bir yildan kamroq vaqt oldin qo‘shilgan gollandiyalik futbolchi mahalliy muxlislarda katta taassurot qoldirganini tan oldi.

«Dunyoda biznikidan yaxshiroq muxlislar bormi, bilmayman. Biz har doim ularning qo‘llab-quvvatlashini eshitamiz – uyda ham, safarda ham. Bu juda ko‘p yordam beradi. Men shunday muxlislar uchun kurashishga tayyorman», – dedi oktyabr oyi boshida «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan Gakpo «Liverpul» rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter