Spaletti: «Tablodagi hisob bizga qo‘shimcha bosim o‘tkazdi»

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spalletti Yevro-2024 saralash bosqichi 8-turi doirasidagi Angliyadan uchralgan mag‘lubiyat (1:3) haqida fikr bildirdi.

“O‘ylashimcha, biz 90 daqiqa davomida yaxshi o‘ynadik. Tablodagi hisob bizga qo‘shimcha bosim o‘tkazdi, ammo agar biz eng kuchli klublar ko‘rsatadigan futbolning Yevropa saviyasini ko‘rsatmoqchi bo‘lsak, qarshi hujumlarga yo‘l qo‘yish odatiy hol bo‘lmasligi kerak.

Umuman olganda, bu yaxshi o‘yin bo‘ldi, o‘yinimizdagi ba’zi narsalar juda yaxshi darajada edi. Lekin biz raqibga Angliyadek jamoaga imkoniyat bermaslik kerak bo‘lgan joyda ularga imkon yo‘l qo‘ydik, ular bundan albatta foydalanadilar», – deya Spalletti so‘zlarini keltiradi RAI Sport.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter