Rayya Ramsdeyl bilan raqobat haqida fikr bildirdi

Londonning «Arsenal» klubi darvozaboni David Rayya jamoadoshi va pozisiyasidagi raqibi Aaron Ramsdeyl bilan munosabatlari haqida gapirdi.

“Biz do‘stmiz va bu muhim. Biz juda sog‘lom munosabatlarga egamiz. Hech qanday muammo yo‘q. Mashg‘ulotlarda har kuni bir-birimizni turtib turamiz: u bir oz kuchsizlansa, men uni turtaman, men bo‘lsam, u ham shunday qiladi. Biz uchta, ko‘pi bilan to‘rtta darvozabon kuniga bir necha soat mashq qilamiz va bu munosabatlar bizga kerak, aks holda mashg‘ulotlar yaxshi o‘tmaydi”, dedi Rayya The Athletic nashriga.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter