Alaba va Gyuler mashg‘ulotlarda to‘liq ishtirok etmoqda
Madridning «Real» klubida bir qator futbolchilar jarohatidan qutulib, safga qaytishda, deya xabar berdi Marca.
Manbaning yozishicha, turkiyalik iqtidor Arda Gyuler va avstriyalik tajribali himoyachi David Alaba jarohatini davolab, umumiy guruhda muammosiz ishlashmoqda.
Ikkala futbolchi ham 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan «Sevilya»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin. Bahs 21:30 da start oladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/