Serjinyo Anchelottiga ishonch bildirdi

«Milan»ning sobiq futbolchisi Serjinyo Karlo Anchelottini juda yaxshi biladi, chunki uning qo‘l ostida u deyarli butun faoliyatini shu klubda o‘tkazgan – bu 1999 yildan 2008 yilgacha to‘qqiz yilni tashkil etgan.

Shu bois, u Anchelotti zimmasiga yuklatilgan vazifani uddalay olishiga va Braziliya terma jamoasiga eng yuqori mukofotlarni qaytarishiga ishonch bildirmoqda.

«Men Karloni juda yaxshi bilaman. Bizda ajoyib do‘stlik bor. U juda malakali murabbiy. Uning uchun Braziliya terma jamoasi bilan ishlash qiyin, ammo u muvaffaqiyatga erishish uchun hamma narsaga ega», – deya Serjinyoning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter