Kvarasxeliya Gruziya terma jamoasida Kobiashvili va Demetradzega yetib oldi

Gruziya terma jamoasi vingeri Xvicha Kvarasxeliya Yevro—2024 saralashi doirasidagi Kiprga qarshi o‘yinda gol urdi.

Bu uning terma jamoadagi 26 o‘yindagi 12-goli bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u Levan Kobiashvili va Giorgiy Demetradzega yetib oldi.

Kvarasxeliya 58-daqiqada gol urdi. Yakunda gruzinlar 4:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Gruziya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar Shota Arveladze hisoblanadi – 27 gol.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter