Skaloni Peruga qarshi o‘yin oldidan Messining holati haqida ma’lumot berdi

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni JCH-2026 saralashida Peru terma jamoasiga qarshi o‘yin oldidan hujumchi Lionel Messining holati haqida gapirdi.

“Leoning ahvolini aniqlash uchun tez orada hamma narsani muhokama qilamiz. Uning ahvolini tushunish uchun oldinda bir nechta mashg‘ulotlar bor. Biz hozircha hech qanday variantni istisno qilmayapmiz. Messi asosiy tarkibda yoki zaxiradan maydonga tushishi mumkin. Yoki u butun o‘yin davomida zaxirada qolishi ham mumkin», – dedi mutaxassis.

18 oktyabr kuni Perudagi stadionda JCH-2026 saralash bahsi bo‘lib o‘tadi. Boshlanish hushtagi Toshkent vaqti bilan 07:00 da yangraydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter