«Liverpul» yangi transfer maqsadini aniqlab oldi

Huquqlari «Lechche»ga tegishli bo‘lgan 18 yoshli himoyachi Patrik Dorgu faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda La Gazette Dello Sport jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, iqtidorli futbolchiga «Liverpul» qiziqish bildirmoqda. «Qizillar» Dorguni Endryu Robertsonga uzoq muddatli muqobil sifatida sotib olmoqchi.

Patrik Italiya chempionatiga o‘tgan yozda Daniyadan ko‘chib o‘tgandi. Joriy mavsumda himoyachi barcha turnirlarda to‘qqizta o‘yinda qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ekspertlari himoyachining narxini 2,5 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter