«Barselona» moliyaviy qiyinchilikni yengib o‘tish maqsadida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazmoqchi

«Barselona» o‘zining og‘ir moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun pul topish yo‘llarini izlashda davom etmoqda.

Cadena Cer nashri xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi qishda AQSHda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. «Ko‘k-anorranglilar» bu o‘yinni dekabr oyida, Rojdestvo bayrami oldidan o‘ynashni rejalashtirmoqda.

Mish-mishlarga ko‘ra, bu o‘rtoqlik o‘yini Meksika jamoalaridan biriga qarshi bo‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter