Rangnik Belgiyadan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi
Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi Ralf Rangnik Yevropa chempionati saralash o‘yinida Belgiyadan uchralgan mag‘lubiyat (2:3) haqida fikr bildirdi.
“Men faqat jamoamni maqtashim mumkin. Biz bugun yaxshiroq o‘yinga loyiq edik. Hisob 3:0 ga aylanganidan so‘ng, hech kim intrigani qaytarishimiz mumkin deb o‘ylamagandi», – deya Rangnikning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Belgiya «F» guruhida 16 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Avstriya ikkinchi o‘rinda (13 ochko).
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/