Riyera fransuz klubi bosh murabbiyiga aylandi
«Bordo» o‘zining rasmiy saytida Albert Riyera jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangani haqida e’lon qildi.
Payshanba kuni 41 yoshli ispaniyalik fransuz klubi bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. U 7 oktyabr kuni «Laval»dan 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng ishdan bo‘shatilgan Devid Giyonning o‘rnini egalladi.
Riyera bungacha “Galatasaroy”da yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan, shuningdek, “Olimpia” va “Sele” jamoalarini boshqargan. Riyera futbolchilik faoliyati davomida 2003 yildan 2005 yilgacha «Bordo»da o‘ynagan.
10 turdan keyin “Bordo” 11 ochko bilan turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/