Dani Alvesning rafiqasi: «U men uchun o‘lgan»
«Barselona» va «Yuventus»ning qamoqdagi sobiq futbolchisi Dani Alves sobiq rafiqasi yordamiga ishonmasligi kerak – u Dani o‘zi uchun o‘lganini aytdi.
– Men uning hayotimdan butunlay yo‘q bo‘lib ketishini xohlayman, u hozir yonimda emas, u o‘lgan. Uni qo‘llab-quvvatlash uchun avval aytganlarim faqat u mening bolalarimning otasi bo‘lgani uchun. Ammo ularning o‘zlari zo‘rlovchining farzandi bo‘lishni xohlamaydilar. «Men uni hayotimdan olib tashlashni xohlayman», dedi Alvesning sobiq rafiqasi Dinora Santana.
Eslatib o‘tamiz, Dani Alves yanvar oyida zo‘rlashga uringani uchun hibsga olingan va o‘shandan beri u Kataloniya qamoqxonasida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/