Lautaro Martines qiymati 100 million yevroga yetgan A Seriyaning ikkinchi futbolchisiga aylandi

Transfermarkt portali Italiya A Seriyasidagi bozor ko‘rsatkichlarini yangiladi.

«Inter» hujumchisi Lautaro Martines Italiya chempionatida qiymati 100 million yevroga yetgan ikkinchi futbolchiga aylandi.

«Mavsumning dastlabki o‘nta o‘yinida Martines 11 ta gol urdi, shundan 10 tasi faqat chempionatda va ikkita golli uzatmani amalga oshirib, o‘ziga 15 dan 100 million yevrogacha plyus ishlab oldi», – deb yozadi mashhur sayt.

A Seriyaning faqat bir futbolchisi Martinesdan qimmatroq baholangan – «Napoli» hujumchisi Viktor Osimxen. U 120 million yevroga baholangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter