Martinelli «Manchester Siti» ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi

Angliya chempionatining sakkizinchi turida “Manchester Siti” mag‘lubiyatga uchradi – yakunda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan Gabriel Martinellining o‘yin so‘nggida kiritgan goli evaziga mamlakat chempioni “Arsenal”dan mag‘lub bo‘ldi. Martinelli qanday qilib hal qiluvchi golni urgani haqida gapirdi va bu uning uchun nimani anglatishini ham aytib berdi.

– Bu o‘yinda maydonga tushishni juda xohlardim. Katta jamoalarga qarshi uchrashuvlar har doim o‘zgacha narsa olib keladi. Biz bu g‘alabadan faxrlanamiz, chunki “Manchester Siti”ga qarshi o‘ynash naqadar qiyin ekanini bilamiz”, — deya Martinelli so‘zlarini keltirmoqda BBC Sport.

Navbatdagi turda London klubi “Chelsi” bilan kuch sinashadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter