«Barselona» mag‘lub bo‘lmagan holda FIFA kunlariga yo‘l oldi

“Barselona” mag‘lubiyatsiz seriyasini 11 ta o‘yinga yetkazdi.

Xavi shogirdlari La Liganing 9-turida “Granada” bilan durang o‘ynadi (2:2).

“Blaugranalar” oxirgi marta 4 iyun kuni, o‘tgan mavsumning so‘nggi o‘yinida mag‘lub bo‘lgandi. Yangi mavsumda klub Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasida 8 g‘alaba va 3 durangga erishdi.

Keyingi o‘yinda kataloniyaliklar 22 oktyabr kuni «Atletik»ni qabul qiladi. 28-kuni ular «Real Madrid» bilan uchrashadi. Bu o‘yinlar oralig‘ida Chempionlar ligasida «Shaxtyor» bilan o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter