«Milan» A Seriyada peshqadamlikni qo‘lga oldi

“Milan” 8-turda g‘alaba qozonib, A Seriya turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘lga oldi.

Stefano Pioli shogirdlari “Jenoa”ni mag‘lub etgan bo‘lsa (1:0), “Inter” “Bolonya” bilan durang o‘ynadi (2:2). Buning evaziga “rossonerilar” “neradzurrilar”dan 2 ochkoga ilgarilab ketishdi – 21 va 19 ochko.

“Yuventus” 8 o‘yindan keyin 17 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Bugun «Napoli» yoki «Fiorentina» u bilan ochkolar bo‘yicha tenglashishi mumkin – ularning uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter