Xanchjou-2022, karate. Shahrizoda Ismatillayeva yarim finalga chiqdi

Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarining so‘nggi kunida karatechimiz Shahrizoda Ismatillayeva bahslarda ishtirok etmoqda.

Ayollar o‘rtasida eng yengil vazn (-55 kg)dagi hamyurtimiz ikkinchi jangida g‘alaba qozondi. Shahrizoda chorak finalda makaolik Vay Man Fongga qarshi dayanga chiqdi. Vatandoshimiz jang o‘rtalarida hisobni 8:0 ga yetkazdi va bahsni muddatidan avval yakunladi.

Ismatillayeva yarim finalda taypeylik Shuang Shiau Guga qarshi jang qiladi.

Manba: stadion.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter