Marokash JCH-2030 finalini qabul qilmoqchi

Marokash 2030 yilgi jahon chempionati finaliga mezbonlik qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq JCH-2030 6 davlat – Argentina, Ispaniya, Portugaliya, Urugvay, Paragvay va Marokashda o‘tkazilishi ma’lum bo‘lgandi.

Marokash jahon chempionati o‘yinini o‘tkazish uchun oltita nomzod shaharni taqdim etdi va finalning Kasablankada o‘tkazilishini istaydi. Agar final varianti ish bermasa, mamlakat yarim finallardan birini o‘tkazishni xohlaydi, dedi Marokash Qirollik futbol federasiyasi prezidenti Fauzi Kekya.

Agadir, Marrakesh, Kasablanka, Rabat, Tanjer va Fes Marokashning jahon chempionati o‘yinlarini o‘tkazishga nomzod shaharlaridir.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter