«Portu» bosh murabbiyi: «Bu turnirda xatoga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi»

«Portu» bosh murabbiyi Serxio Konseysau UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-tur uchrashuvida «Barselona»dan minimal mag‘lubiyat (0:1) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Futbolchilar bizning rejamizga amal qilishdi, ammo bunday turnirda xatoga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Buning uchun siz jazolanasiz. Keyingi o‘yinga imkon qadar ko‘proq tayyorgarlik ko‘rishimiz va unda g‘alaba qozonishimiz kerak. Biz ishlashda davom etamiz», – deya mutaxassis so‘zlarini keltirgan UEFA matbuot xizmati.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter