Rojers: «Seltik»g‘alabaga ko‘proq haqli edi»

Shotlandiyaning “Seltik” klubi bosh murabbiyi Brendan Rojersning fikricha, uning jamoasi Chempionlar ligasi doirasida “Lasio” bilan o‘yinda (1:2) omadsizlikka uchragan.

“Yakuniy natija nuqtai nazaridan juda achinarli o‘yin. Men xafaman, chunki jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, biz ko‘proq narsaga loyiq edik. Futbolchilarga nisbatan e’tirozim yo‘q – ular nimaga qodir ekanliklarini ko‘rsatishdi”, dedi shimoliy irlandiyalik mutaxassis.

«Seltik» «E» kvartetida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. «Lasio» 4 ochko bilan «Atletiko» bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter