Gavi: «Real Madrid» har doim g‘alabaga chanqoq klub bo‘lib qoladi»

«Barselona» yarim himoyachisi Gavi «Real Madrid»ning hozirgi holati haqida jurnalistlarning savoliga javob berdi.

Ayni paytda «Real» La Liganing 7 turidan keyin 21 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Barselona» esa bir ochko kam jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.

«Real Madridning joriy mavsumdagi o‘yini? Ularda jarohatlar bilan bog‘liq muammolar bor, ammo «Real Madrid» har doim g‘alabaga chanqoq klub bo‘lib qoladi», – deya Gavining so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

28 oktyabr kuni joriy mavsum hisobidan «Barselona» va «Real» o‘rtasidagi ilk to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi mavsumda Xavi Ernandes jamoasi chempionlik unvonini qo‘lga kirita olgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter