Koke Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkin

Madridning «Atletiko» klubida to‘p tepayotgan ispaniyalik yarim himoyachi Koke yaqin vaqt ichida hozirgi jamoasini tark etishi mumkin.

Todofichajes jurnalistlariga ma’lum bo‘lishicha, Saudiya Arabistoni chempionati klublari 31 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor. Ular tajribali futbolchiga o‘n million yevro maosh bilan shartnoma taklif qilmoqchi.

Koke 2011 yilning yanvaridan buyon Madridning «Atletiko» klubida to‘p tepmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2024 yilning iyun oyi oxirida tugaydi. Yarim himoyachining transfer qiymati 16 million yevroga baholanmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter