«Tottenxem» himoyachisi sotuvga qo‘yiladi

«Tottenxem Xostpur» futbolchisi jamoadan ketadi. Xabarlarga ko‘ra, bosh murabbiy Angelos Postekoglu himoyachi Erik Dayerni jamoada ortiq ko‘rishni istamayapti. Avstraliyalik mutaxassis 29 yoshli himoyachini talabga javob bermaydi deb hisoblamoqda.

Shu sabab «Tottenxem» rahbariyati qishki transferlar oynasida Dayerni sotuvga qo‘yadi. Uning o‘rniga «Bayer Leverkuzen» yulduzi Edson Tapsoba olib kelinishi aytilgan.

Manba: caughtoffside.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter