Xanchjou-2022, kanoe: Shohsanam Sherzodova 4-o‘rinni egalladi

Osiyo O‘yinlarining baydarka va kanoeda eshkak eshish sektorida bugun 6 ta final bahslari rejalashtirilgan. Ularning dastlabkisi kanoeda 200 metrga ayollar o‘rtasida yakkalik bahsi bo‘lib o‘tdi.

Hamyurtimiz Shohsanam Sherzodova sprint masofasida finishni to‘rtinchi bo‘lib kesib o‘tdi. U uchinchi o‘rindagi qozog‘istonlik sportchiga atigi 0,017 soniya ortda qoldi (fotofinish).

G‘oliblikni Xitoy, kumush medalni esa Tailand vakili qo‘lga kiritdi.

Manba: stadion.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter