«Inter Mayami» muxlislari qattiq tashvishga tushib qolgan

«Inter Mayami»da Lionel Messi maydonga tushmagan o‘yinlarda jamoaning odatdagi natijalari qaytdi. Bularning barchasi jamoa muxlislarini qattiq tashvishga solmoqda, deb xabar beradi Italiyaning ITASportPress axborot agentligi.

Bu yerda gap ikki jihatda – birinchidan, klub muxlislari sodir bo‘layotgan voqealar haqida yetarlicha ma’lumot olmaganidan noliyapti, ikkinchidan, klub abonementlar narxini keskin oshirib yubordi, Messi esa maydonga tushishni to‘xtatdi.

Messi maydonga tushmasa, abonement sotib olsa arziydimi? Amerikalik futbol muxlislari shu haqda o‘ylashmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter