«Feyenoord» hujumchisining xaridori ko‘payib bormoqda

«Feyenoord» safida Niderlandiya chempionatida o‘ynayotgan 22 yoshli meksikalik hujumchi Santyago Ximenes Ispaniya La Ligasining top-klubiga o‘tishi mumkin.

Todofichajes nashri xabariga ko‘ra, «Real» futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ispan grandi Ximenesni yanvarda ijaraga olishi va keyin uni 50 million yevro evaziga sotib olishi mumkin.

Ximenes joriy Niderlandiya chempionatida yuqori o‘yin namoyish etmoqda. Hujumchi yetti uchrashuvda o‘nta gol urdi. Unda ikkita golli uzatma ham bor.

Avvalroq unga APLning uchta klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergandik.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter