«Bavariya» «Leypsig»ni mag‘lub etish yo‘llarini unutib qo‘ydi

«Bavariya» Bundesliganing 6-turida «Leypsig» bilan mehmonda durang o‘ynadi – 2:2.

Mezbonlar birinchi bo‘lim o‘rtalarida ikkita gol urishdi – hujumchi Loi Openda 20-daqiqada hisobni ochdi, himoyachi Kastello Lukeba esa 26-daqiqada natijani mustahkamladi.

57-daqiqada myunxenliklar hujumchisi Xarri Keyn penaltidan bitta gol urdi. 70-daqiqada vinger Leroy Sane hisobni tenglashtirdi.

«Bavariya» bu raqib bilan o‘tkazilgan so‘nggi 4 uchrashuvning birortasida g‘alaba qozona olmagan – oldingi o‘yinlarda «Leypsig» 2 ta g‘alaba (3:0, 3:1), yana bir uchrashuv durang (1:1) bilan yakunlangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter