«Bavariya» 35 yoshli markaziy himoyachini klubga qaytarmoqchi
Jerom Boateng «Bavariya»ga qaytishi mumkin.
Nemis klubi 35 yoshli himoyachi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolashni ko‘rib chiqmoqda.
Dastlabki muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
«Bavariya» rahbariyati Jerom Boatengni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Qayd etilishicha, futbolchi yaxshi formada va klubga qaytishga tayyor.
Futbolchi 2011 yildan 2021 yilgacha Myunxen klubida o‘ynagan. Keyin u ikki mavsumni «Lion»da o‘tkazdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/