«Yuventus» markaziy himoyachisiga yangi shartnoma taklif qiladi

«Yuventus» markaziy himoyachisi Federiko Gatti klub bilan yangi shartnoma borasida muhokama qiladi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarida tugaydi, biroq «byankonerilar» rahbariyati va murabbiylar shtabi uning o‘yinlaridan hayratda, shuning uchun ular kelishuvni yangi shartlarda uzaytirishga umid qilishmoqda.

La Gazette dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, «Yuventus» 25 yoshli markaziy himoyachiga maoshini oshirgan holda shartnomani 2028 yilgacha uzaytirishni taklif qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter