Anchelotti: «ECHL – «Real» uchun o‘zgacha turnir»

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti YECHL guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan «Union» bilan o‘yindan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Chempionlar ligasi bu klub uchun har doim o‘zgacha turnir bo‘lib qoladi, shuning uchun biz ushbu o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Biz uyimizda yaxshi tashkil etilgan va mustahkam jamoaga qarshi o‘ynaymiz. Maqsadga erishish uchun bor kuchimizni ishga solishimiz kerak bo‘ladi», – dedi Anchelotti UYEFA matbuot xizmatiga.

«Real Madrid» – «Union» uchrashuvi 20 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:45 da boshlanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter