Balotelli Turkiyaga yo‘l oldi

«Syon» hujumchisi Mario Balotelli «Adana Demirspor»ga o‘tdi, deb xabar bermoqda turk klubi matbuot xizmati.

33 yoshli italiyalik «1+1» tizimi bo‘yicha shartnoma imzoladi. Balotelli 2021 yildan 2022 yilgacha «Adana»da o‘ynagan.

U jamoada 35 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi, shundan so‘ng «Syon»ga o‘tdi.

Bu mavsumda forvard umuman maydonga tushmadi. Balotelli avvalroq «Monsa», «Marsel», «Breshiya», «Nissa», «Liverpul», «Milan», «Manchester Siti» va «Inter» klublarida o‘ynagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter