«Everton» «Arsenal»ga qarshi o‘yinlarda ustunlikka ega
«Everton» navbatdagi turda jiddiy sinovdan o‘tishi kerak. APLning 5 turi liverpulliklar uchun «Arsenal»ga qarshi kechadi. London klubi bu mavsum ham chempionlik uchun da’vogarlardan biridir. Mikel Arteta jamoasi yangi mavsumda hali mag‘lub bo‘lmadi.
Ammo ular «Gudison Park»da yomon statistikaga ega. «Everton» «Arsenal»ga qarshi so‘nggi 5 ta uy bahsining 4 tasida g‘alaba qozonib, 1 tasida durang o‘ynagan. Shunday ekan, ushbu bahs qiziq kechishi aniq.
Manba: newsnow.co.uk
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/