«PSJ» koreyalik futbolchisini Osiyo o‘yinlariga qo‘yib yuboradi
«PSJ»ning Janubiy koreyalik yarim himoyachisi Li Kan In 2023 yilgi Osiyo o‘yinlarida terma jamoasiga yordam bera oladi.
Insayder Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, parijliklar klubi musobaqa davomida 22 yoshli futbolchiga Janubiy Koreya terma jamoasiga o‘ynashga ruxsat bergan.
Osiyo o‘yinlari 23 sentyabrdan 8 oktyabrga qadar Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu davrda «PSJ» «Marsel», «Klermon» va «Renn» klublariga qarshi maydonga tushadi.
Li Kang In joriy mavsumda 2 ta o‘yin o‘tkazdi. Parijliklar uni yozda “Malyorka”dan sotib olishgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/