Kunde «Barselona» bilan YECHLda muvaffaqiyat qozonmoqchi

Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyachisi Jyul Kunde joriy mavsum Chempionlar ligasida jamoa bilan yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqchi ekanligini aytdi.

«Chempionlar ligasi? O‘tgan yili qiyin bo‘ldi. Bu yil bizda motivasiya bor. Biz yaxshi ishlamoqchimiz va muvaffaqiyat qozonmoqchimiz», – dedi fransiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar guruh bosqichi ilk turida o‘z maydonida 19 sentyabr kuni «Antverpen» jamoasini qabul qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter