«Liverpul» bu haqda hatto o‘ylab ham ko‘rmagan
«Liverpul» hujumchi Muhammad Saloh bilan xayrlashish haqida o‘ylamagan.
Misrlik futbolchini Saudiyaning «Al-Ittihod» klubi o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda, ko‘plab mish-mishlarga ko‘ra, arablar unga 200 million yevrogacha taklif qilishga tayyor edi.
Yaqinda ma’lum bo‘lishicha, Saloh yaqin kelajakda Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tmaydi. Boz ustiga, jurnalist Devid Linchning so‘zlariga ko‘ra, «Liverpul» 31 yoshli futbolchini sotishni xayoliga ham keltirmagan.
Klub boshidanoq taklif qilingan summadan qat’i nazar, hujum yetakchisini saqlab qolishga ahd qilgandi.
Muhammad Salohning «Liverpul» bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/