Arteta: «Xaversga qiyin bo‘lishini aytganman»

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning yangi futbolchisi Kay Xavers bilan suhbati haqida gapirdi.

“Men Xaversga avvaliga qiyin bo‘lishini aytdim. Bo‘lajak rafiqamni uchratganimda, avvaliga uni o‘zimga jalb qilish qiyin edi. Men o‘zimni tajovuzkor tutishim kerak edi va oxirida u «ha» deb aytganida, bu ajoyib edi «, – deya Artetaning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Eslatib o‘tamiz, yozda 24 yoshli germaniyalik 75 million yevro evaziga «Chelsi»dan «Arsenal»ga o‘tgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter