Tuxel «Bavariya»ga «Chelsi» himoyachini chorlamoqda

Myunxenning «Bavariya» klubi «Chelsi» himoyachisi Trevo Chalobani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, London klubida debyut qilgan futbolchining xizmatlariga shaxsan Myunxen jamoasi ustozi Tomas Tuxel qiziqmoqda. Qayd etilishicha, «Bavariya» futbolchini ijaraga olmasdan, sotib olmoqchi.

24 yoshli futbolchining «Chelsi» bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uni 18 million yevroga baholamoqda.

Bu mavsumda Chaloba maydonga tushmadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter