«PSJ» yaqin kunlar ichida bu transferni amalga oshiradi

«PSJ»ning yozgi transfer oynasidagi asosiy vazifasi markaziy hujumchi pozisiyasiga futbolchi sotib olish bo‘ladi.

Parijliklar «Ayntraxt»dan Randal Kolo-Muanining transferi ustida ishlamoqda. Telefoot xabariga ko‘ra, Liga 1 giganti kelishuvni seshanba kunigacha yopishni kutmoqda.

«PSJ» bonuslarni hisobga olmaganda, 80 million yevrodan kamroq mablag‘ evaziga kelishuvga erishmoqchi.

Qayd etilishicha, «PSJ»ning so‘nggi taklifida 70 million yevro bo‘lgan. Shu bilan birga, Fransiya chempioni allaqachon Kolo-Muanining o‘zi bilan 5 yillik shartnomaga kelishib olgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter