«Atalanta» yarim himoyachisining kelajagi hali noma’lum
«Atalanta» yarim himoyachisi Aleksey Miranchukning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Vadim Shpinyov futbolchining kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
Avvalroq «Torino» «Atalanta» bilan 27 yoshli futbolchining transferi borasida muzokaralarni qayta boshlagani xabar qilingandi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumni Miranchuk Turin klubida ijara asosida o‘tkazgan edi.
«Men Miranchuk haqidagi mish-mishlarni hali tarqatmaslikni so‘rab qolaman. U bilan hammasi yaxshi bo‘ladi, uning «Atalanta» bilan ikki yillik shartnomasi bor», – deya Shpinyovning so‘zlarini keltiradi Match TV.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/